Nilufar Usmonova - Yonimda qo'shiq matni

Dunyoga keltirib olam tanitgan,
Shukur, ota-onam hayot, yonimda.
Yaratgandan so`rganim ko`z qaroqlarim –
Farzandim, dilbandim, borim yonimda.

Do`st-u, dugonalar, birodar, oshna,
Ulfat-u, hattoki dushman yonimda, yonimda.
Sevib, kuyganim-u, meni suyganim,
Xatoyim, yolg`onim, pushmon yonimda.

Yonimda, yonimda, yonimda,
Erkalab, tunlari ko`zimga boqib,
Kunduzlar ovora sarson yonimda.
Yonimda, yonimda,
Lek ne qilay, qayga boshimni uray –
Ruhimda yolg`izlik hamon yonimda?

Armonim orzuyimga tuzoq tashlaydi,
Qalbga gumon solib, yurak g`ashlaydi.
Alamim it kabi dilim tishlaydi,
Sababki – yolg`izlik ruhan yonimda.

Tinchlik bermas azob, ozor yonimda, yonimda,
Aldovga qurilgan bozor yonimda, yonimda.
Yetar bas, dardlarim ko`maman, mozor yonimda,
Umidim bog`i-yu, gulzor yonimda.

Yonimda, yonimda, yonimda,
Erkalab, tunlari ko`zimga boqib,
Kunduzlar ovora sarson yonimda.
Yonimda, yonimda,
Lek ne qilay, qayga boshimni uray –
Ruhimda yolg`izlik hamon yonimda?


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Sarbon guruhi - Ona qo'shiq matni128 kbps19-07-2017, 13:37Скачать
G'ayrat Usmonov - Yodimda bir qo'shiq matni128 kbps19-07-2017, 12:40Скачать
Shohruhxon - Sen bo’lmasang yonimda qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 20:43Скачать
Muhriddin Xoliqov - Yonimda qol qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:45Скачать
Dildora Qurbonova - Sen bo’lmasang yonimda qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:28Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.