Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Sardor Mamadaliyev - Muhabbat yosh tanlamaydi qo'shiq matni

Sardor Mamadaliyev - Muhabbat yosh tanlamaydi qo'shiq matni

Har bir oshiq bog`ga kirsa, bir gul tanlar,
Nolalari qalbiga mos bulbul tanlar.
Odamlarga hayron bo`lmang, odamlarga,
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar.

Odamlardan hayron bo`lmang, odamlardan,
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar.

Yoshi o`tib sevdim desa, hayron bo`lmang,
Sochidagi oqni sana, deya kulmang.
Zinhor o`tgan yillarni siz hisob qilmang,
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar. {x2}

Sevmaganlar shirin baxtni qaydan bilsin,
Dili yo`qlar bu ne’matni qaydan bilsin,
Qalbi muzlar muhabbatni qaydan bilsin,
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar. {x2}

Qo`rqmay boqing muhabbatning ko`zlariga,
Yuzingizni mahkam bosing yuzlariga,
Quloq tuting Ahad Qayum so`zlariga:
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar. {x2}
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]