Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Shaxriyor feat. Sevara Nazarkhan - Seni deb qo'shiq matni

Shaxriyor feat. Sevara Nazarkhan - Seni deb qo'shiq matni

[Sevara Nazarxon]
Ketgim kelsa samolarga, magar bilgin seni deb,
Cho`kgim kelsa daryolarga, agar bilki seni deb.
Ishonmayman ro`yolarga, yashagayman seni deb,
Shirin-shirin o`ylarimga ozor yetkazib qo`yma.

[Shaxriyor]
Hayot ichra bu dunyoda sog`inganim sen bo`lding,
(Sen bo`lding)
Qushday uchib sahrolarda, talpinganim sen bo`lding.
(A-a-a)

[Sevara Nazarxon va Shaxriyor]
Kimga boqdim, kim uchundir
Og`ringanim sen bo`lding.
Shirin-shirin o`ylarimga
Ozor yetkazib qo`yma. (x2)

[Sevara Nazarxon]
Layling bo`lgim kelar sening, Majnun kabi yor bo`lsang,
Yo`llaringni kutgim kelar, yo`llarimda zor bo`lsang.
Quvonchim-u kulfatimda sen yonimda bor bo`lsang,
Shirin-shirin o`ylarimga ozor yetkazib qo`yma.

[Shaxriyor]
Mo`min o`zim tushlaringga, seni ko`kka chorlagan,
Hilolman men zulmatlarga, yo`llaringga porlagan.

[Sevara Nazarxon va Shaxriyor]
Kimga boqdim, kim uchundir
Og`ringanim sen bo`lding.
Shirin-shirin o`ylarimga
Ozor yetkazib qo`yma. (x2)

Kimga boqdim… kim uchundir…
Shirin-shirin o`ylarimga…

Kimga boqdim, kim uchundir
Og`ringanim sen bo`lding.
Shirin-shirin o`ylarimga
Ozor yetkazib qo`yma. (x4)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]