Alisher Fayz - Assalomu alaykum qo'shiq matni

Bugun joningizga fido jonimiz,
Baxtlarga to`lsin har bir onimiz.
Takrorlab aytadi xush zabonimiz,
Assalomu alaykum qadrdonlar.

Takrorlab aytadi xush zabonimiz,
Assalomu alaykum jonajonlar-ey,
Assalomu alaykum qadrdonlar.

Kunda to`y-tomosho, bazmdamiz biz,
Qo`shiq aytib, navo-nazmdamiz biz. (x2)
Sizga bir umr ta’zimdamiz biz,
Assalomu alaykum qadrdonlar.

Sizga bir umr ta’zimdamiz biz,
Assalomu alaykum jonajonlar-ey,
Assalomu alaykum qadrdonlar.

Tangrim yurtimizga nazarin solsin,
Bizdan kelajakka hur vatan qolsin. (x2)
Qo`shig`imdan dilingiz oromlar olsin,
Assalomu alaykum qadrdonlar.

Qo`shig`imdan dilingiz oromlar olsin,
Assalomu alaykum jonajonlar-ey,
Assalomu alaykum qadrdonlar.

Oq ko`ngilli xalqim, jonajon xalqim,
Jonim fido qilsam, ketmaydi haqqim. (x2)
Sizga farzandligim eng katta baxtim,
Assalomu alaykum qadrdonlar.

Sizga farzandligim eng katta baxtim,
Assalomu alaykum jonajonlar-ey,
Assalomu alaykum qadrdonlar.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]