Yulduz Usmonova - Ey uka qo'shiq matni

Kel, ey ukam, sen uchun
Bog`im borni aytaman.
Omon yormi, yo uzun
Tanovorni aytaman.

Hech bo`lmasa bir bora
Gapga quloq solsangchi:
Bu besh kunlik dunyoda
O`ynab-kulib qolsangchi.

Kel-kel, bo`ldi, xayolan
Kuyunma ko`p, o`yna, havolan.
Kel-kel o`yna havolan,
Tugab qolma, o`yna chunonan.

G`ozday tutib bor qadding,
Bir ochilib yursanchi-yey.
Kelganida bir davring,
Davroningni sursangchi-yey.

Bu kunlar ikki marta-yey
Kelmasligin bilsangchi-yey.
Shunday ekan, tur shartta,
Tur o`rningdan, tursangchi.

Kel-kel, bo`ldi, xayolan
Kuyunma ko`p, o`yna, havolan.
Kel-kel o`yna havolan,
Tugab qolma, o`yna chunonan. (x1+x1)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]