Bojalar guruhi - Kechir meni qo'shiq matni

Sening shahlo ko`zlaring ma’yus,
Bunga sabab faqat o`zim.
Mehr to`la ko`zingga, afsus,
Qarolmasdi ko`zim.

Toza, sof qalbingni etib nam,
Qadringga yetmadim.
Bu fursat kech bo`lgan bo`lsa ham,
Umidim so`nmadi.

Yaralangan sening qalbing mening dastimdan,
Yaralangan sof yuraging ozor dastidan.

Kechir meni, ranjitdim seni,
Qadrlamadim toza sevgingni.
Kechir meni, ranjitdim seni,
Anglay olmadim muhabbatingni.
Kechir meni…

Qalb to`la nafrat bo`lsa ham,
Yolg`ondan, sevaman, deb ayt.
Hatto tushlarimda bo`lsa ham,
Yolvoray, yonimga qayt.

Ozor bergan har lahza uchun
Azobdaman men tun-u kun.
Sevging evaziga sevmadim,
Bilolmadim ne uchun.

Yaralangan sening qalbing mening dastimdan,
Yaralangan sof yuraging ozor dastidan.

Kechir meni, ranjitdim seni,
Qadrlamadim toza sevgingni.
Kechir meni, ranjitdim seni,
Anglay olmadim muhabbatingni.
Kechir meni… (x1+x1)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]