Gulsanam Mamazoitova - Ota uyim qo'shiq matni

Yo`lagingda bordur manim bosgan izim,
Bitta sadarayhoningman, ota uyim.
Bir paytlari mezbon edim senda o`zim,
Endi esa mehmoningman, ota uyim. {x2}

Qizlik davrim – uchib ketgan oqqush ekan,
Ko`zim yumib ochsam, go`yo bir tush ekan,
Sen-la o`tgan fursatlarim eng xush ekan,
Qaldirg`ochday giryoningman, ota uyim,
Endi senga mehmoningman, ota uyim.

Sen otamning mehri oqqan qo`rg`onimsan,
Sen onamning bag`riday xush oshyonimsan,
Mening umrimdagi eng zo`r davronimsan,
Sen-la o`sgan jayroningman, ota uyim,
Endi senga mehmoningman, ota uyim.

Endi senga mehmoningman, ota uyim… {x2}


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Tohir Sodiqov - Kerak emas qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:29Скачать
Lola - Kel qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:41Скачать
Hilola Hamidova - Bahor kelsa qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:35Скачать
Farrux Xamraev - Eslaging kelsa qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:31Скачать
Dilfuza Rahimova - Le-le-ley qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:28Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.