Hadicha Qurbonova - Kungaboqar qo'shiq matni

Ko`zdan qochdi yog`dularim,
Yuzdan qochdi kulgularim.
Qum singari sochildimi
Orzularim, orzularim? (x2)

Baxtim yoshday oqib ketdi,
Ko`ksimga o`t yoqib ketdi.
Men ko`ziga to`ymay turib,
Yor o`zgaga boqib ketdi.

Kimga boqar, kimga boqar,
Yorim endi kimga boqar?
Sog`inganda ko`rolmay,
Ko`zlarimdan yoshim oqar.

Kungaboqar, kungaboqar,
Yorim endi kimga boqar?
Sog`inganda ko`rolmay,
Ko`zlarimdan yoshim oqar-ey.

Boshim uzra bir soya yo`q,
Armonlardan himoya yo`q.
Sendek sariq endi rangim,
Menga dardkash dunyoda yo`q.

Bog`lar intiq bahoriga,
Suvlar intiq anhoriga,
Sen nurga zor kungaboqar,
Men zorman yor diydoriga.

Kimga boqar, kimga boqar,
Yorim endi kimga boqar?

Kungaboqar, kungaboqar,
Yorim endi kimga boqar?
Sog`inganda ko`rolmay,
Ko`zlarimdan yoshim oqar. (x2+x1)

Kimga boqar, kimga boqar,
Yorim endi kimga boqar?
Sog`inganda ko`rolmay,
Ko`zlarimdan yoshim oqar-ey.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]