Tojibar Azizova - Bolam qo'shiq matni

Bolam, seni opichlab, zorg`a katta qilyabman,
Ona bo`lib, onalikning qadrini endi bilyabman.
Yig`laganingda yig`lab, kulganingda kulyabman,
Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam,
Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam.

Ming azobni bosganda qadamlarim kuydi-yey,
Bog`zimda qolib ketgan alamlarim kuydi-yey.
Kuyganimda yaqingina odamlarim kuydi-yey,
Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam,
Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam.

Mehri shu’urim qo`shib, alla aytdim senga deb,
Qiza rayhonli tonggi palla aytdim senga deb.
Beshiging ko`zmunchog`in silab aytdim senga deb,
Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam,
Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam.

Halollikning oq rangidan olaylik rang ikkimiz,
Muhabbat qo`shig`ida turfa ohang ikkimiz.
To bearmon o`taylik bizlar, otang ikkimiz,
Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam,
Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam.

Bolam, seni opichlab, zorg`a katta qilyabman,
Ona bo`lib, onalikning qadrini endi bilyabman.
Yig`laganingda yig`lab, kulganingda kulyabman,
Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam,
Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam. {x3}


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Zamira Suyunova - Alla qo'shiq matni128 kbps19-07-2017, 11:57Скачать
Sevara Nazarkhan - Alla qo'shiq matni128 kbps19-07-2017, 11:55Скачать
Dildora Niyozova - Ona faryodi qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 12:48Скачать
Oxunjon Madaliyev - Bolam qo'shiq matni128 kbps25-12-2016, 11:49Скачать
Oxunjon Madaliyev - Onamning tilagi qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 22:11Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.