Ummon - Xumorim qo'shiq matni

Sen bo`lsang, sen bilan baxtliman,
Agarda bo`lmasang, unda man netarman?
Qorong`u tun bo`lsang, unda tuning bo`lay,
Agarda kun bo`lsang, unda suving bo`lay.

To`ldiray sevgimga, qalbingni mehrimga,
Eng go`zal onlarni hadya etay men senga.
To`ldiray mehrimga, qalbingni sevgimga,
Eng go`zal onlarni hadya etay men senga.

Ko`zlari xumorim, kel yonimga, kelaqol,
Yuzlari oppog`im, kelib bir umrga qol.
Gullarga bezadim sen kelar yo`llaringni,
Shu kunni qanchalar kutganman, axir shu kunni.

Agar sen oy bo`lsang, undagi dog` bo`lay,
Agarda tog` bo`lsang, ustida qor bo`lay.
Agar Shirin bo`lsang, men Farhoding bo`lay,
Yorim bo`l, seni baxtli etay.

To`ldiray gullarga, gavhar-u, durlarga,
Bir umr birga bo`lib, yashna to`lib nurlarga.
To`ldiray gullarga, gavhar-u, durlarga,
Bir umr baxtli bo`lib, yashna to`lib nurlarga.

Ko`zlari xumorim, kel yonimga, kelaqol,
Yuzlari oppog`im, kelib bir umrga qol.
Gullarga bezadim sen kelar yo`llaringni,
Shu kunni qanchalar kutganman, axir shu kunni. (x1+x1)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]