Vohidjon Isoqov - Salom sevgi qo'shiq matni

Umr o`zi bir daryo,
O`tib borar misli go`yo.
O`tdi qancha bahorlar,
Layli-Majnunlar, sevishganlar.

Hali ham o`chmas yodimdan,
Seni uchratgan kunimdan,
Baxtimni topdim sevgimdan,
Armonim yo`q bu dunyoda.

Salom sevgim g`unchasi,
Ko`nglim erkasi, yuragim nolasi.
Sen-la birga bo`lsam, qalbim malikasi,
Kel, seni baxtli qilarman o`zim.

Azizim, ko`zing kulsin,
Nurlarga to`lsin, hamisha sevgilim.
Bir umr yoningda bo`layin men o`zim,
Seni baxtiyor ko`rsin ko`zim.

Yillar o`tib ketsa ham,
Farishtam, o`sha-o`shasan.
Bir umr hayotimda,
Bo`lgin yonimda, men-la birga.

Moviy munchoq ko`zlaringda
Sevgimizning aksi bor.
Qayg`u alamlar bizlardan
O`tib ketsin yiroq.

Salom sevgim g`unchasi,
Ko`nglim erkasi, yuragim nolasi.
Sen-la birga bo`lsam, qalbim malikasi,
Kel, seni baxtli qilarman o`zim.
Azizim, ko`zing kulsin,
Nurlarga to`lsin, hamisha sevgilim.
Bir umr yoningda bo`layin men o`zim,
Seni baxtiyor ko`rsin ko`zim. (x2)
Комментарии (2)
Yulduz 008 04.07.23
Qoshiq judayam judayam zor!❤????????
Yulduz 008 04.07.23
Qoshiq judayam judayam zor!❤????????
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]