Shojasur Shoakbarov - Majnuntol qo'shiq matni

Majnuntolim, majnuntol,
Senga aytar so`zim bor.
Ertaklarga aylangan
Poylaringda izim bor.

Qo`msab seni tush ko`rdim,
Keldim ko`rib qo`ygani.
Bundan olislab ketgan
U kunlarga to`ygani.

Soching yoyib, bosh egib,
Termulasan yerga jim.
Meni eslab, nahotki,
Kelmadimi, ayt, hech kim?

Majnuntol,
Senga aytar so`zim bor.
Ertaklarga aylangan
Poylaringda izim bor.

Balki o`sha sog`inib,
Yuzlaringga boqqandir.
Meni istab, ko`zidan
Shoshqator yosh oqqandir.

Yolvorgandir zor qaqshab,
U kunlarim qaytar, deb.
Yuz o`girib ketgan vaqt
Qaydaligin aytar deb.

Majnuntol,
Senga aytar so`zim bor.
Ertaklarga aylangan
Poylaringda izim bor. (x2)

Dardlarin yomg`irday
Dardlaringga to`kkandir.
Xotiraga aylanib,
Senga singib ketgandir.

Majnuntol,
Senga aytar so`zim bor.
Ertaklarga aylangan
Poylaringda izim bor.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]