Yulduz Usmonova - Seni deyman qo'shiq matni

Ko`zlaringni ma’yus ko`rish ne yomon,
Kun chiqishni birga kutaylik omon.
Lek kun botishga vaqt bo`lmadi hamon,
Jufti halolim, yonimda bo`l.

Qorong`u yo`llarda oyday nur sochay,
Ko`ngling g`ash bo`lganda charog`ing bo`lay.
Xastalikda, sog`likda birga bo`lay,
Yo`ldoshim, faqat yonimda bo`l.

Seni deyman faqat, seni deyman,
Seni demasam-o, kimni deyman?
Sevgilim, yolg`izim. (x2)

Uzuk bo`lsang, men yoqut ko`zi bo`lay,
Yomg`ir bo`lsang, men oqar daryo bo`lay,
Olov bo`lsang, tafti otashing bo`lay,
Bog`bonim, faqat yonimda bo`l.

Men sevgi dardida, sen davo bo`lgin,
Men g`azalman, sen unga navo bo`lgin.
Majnun bo`lmasang ham, vafodor bo`lgin,
Kun chiqishda birga bo`ldik, jonginam,
Kun botishda birga bo`lsang bas.

Seni deyman faqat, seni deyman,
Seni demasam-o, kimni deyman?
Sevgilim, yolg`izim.

Seni deyman faqat, seni deyman,
Seni demasam-o, kimni deyman?
Oh, sevgilim, yolg`izim.

Seni deyman faqat, seni deyman,
Seni demasam-o, kimni deyman?
Sevgilim, yolg`izim. (x2)


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Yulduz Usmonova - Ey yor qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 12:58Скачать
Ummon - Sen kechir qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:24Скачать
Shahlo Rustamova - Ko'zlaring qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:01Скачать
Bojalar guruhi - Seni men sog’inganda qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:17Скачать
Shohruhxon - Men seni sevaman qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:02Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.