Nilufar Usmonova - Kel ikkimiz qo'shiq matni

Mag`rur boshim egib, ko`ksingga bosib,
Qaynoq labing ila asta o`pasan.
Ko`zlarimga jovdirab uzoq termulib,
Qo`llarimdan qo`ling uzib ketasan.

Buncha shoshilmasang hijron bog`ingga,
Axir anda gul emas, tikan terasan.
Shuncha jabr yetmasmi yoshlik chog`ingga,
Nahot keksayganda ham yig`lab o`tasan?

Kel, ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz,
Sevgimiz baxtidan doston bitaylik.
Sevgimiz tillarda afsona bo`lib,
Sevishganlar yo`liga bir nur tutaylik.

Kel, ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz,
Sevgimiz baxtidan doston bitaylik.
Ishqimiz tillarda afsona bo`lib,
Sevishganlar yo`liga bir nur tutaylik.

Ranjisa-da 10 yillik azobdan yurak,
Urib turar, chunki unda bor tilak:
Boshqasi istakmas bir sendan bo`lak,
Bizlarga sen, sen begim kerak.

Istagim qalbingda tanho gul bo`lay,
Ishqingda yonib bir umr kul bo`lay.
Masxara aylatma ul zag`chalarga,
Bog`ingda sayragan bir bulbul bo`lay.

Kel, ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz,
Sevgimiz baxtidan doston bitaylik.
Ishqimiz tillarda afsona bo`lib,
Sevishganlar yo`liga bir nur tutaylik. (x2)

Nafratlanib ketaman goho o`zimdan,
Charchadim yosh artib qaro ko`zimdan.
Lek seni sevaman, seni sevaman,
Shunga hech tushmaysan qo`shiq so`zimdan.

Roziman, ustimdan ho`p hamma kulsin,
Kimlardir sabrimdan, ahdimdan kulsin.
Olam kulsin, dushman kulsin, ul yorlar kulsin,
Men-chi baxtga to`lay, bizni Alloh qo`llasin.

Kel, ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz,
Sevgimiz baxtidan doston bitaylik.
Ishqimiz tillarda afsona bo`lib,
Sevishganlar yo`liga bir nur tutaylik. (x2)

Kel…


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Jahongir Otajonov - Yetdik (Qo’shqirg’oq) qo'shiq matni128 kbps19-07-2017, 10:41Скачать
Tohir Mahkamov - Baxtsiz bo'ldik ikkimiz qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:19Скачать
Ziyoda - Hay lali qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:01Скачать
Ruhshona - Ikkimiz qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:53Скачать
Lola - Ovutay qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:41Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.