O'ktam Ahmedov - Dam dema qo'shiq matni

Dam bu damdir, o`zga damni dam dema,
Shukr qil, dunyo g`amini g`am dema. (x2)

Kuymasa joni-taning ham ustixon,
Ko`z yoshing oqqan bilan sen nam dema. (x2)

Odamida zarra ma’no bo`lmasa,
Sen uni surat ko`rib odam dema. (x2)

Asli-nasling qatrai obi erur,
Xasni ko`rsang, sen o`zingdan kam dema. (x2)

Gar yurakda bo`lmasa yuz dog`i-dard,
Zinhor, qochgil, uni hamdam dema. (x2)

Ahmad-o tutgil g`animat har nafas,
Yorsiz o`tgan bu damni dam dema. (x2)

Dam bu damdir, o`zga damni dam dema,
Shukr qil, dunyo g`amini g`am dema. (x2)

Shukr qil, dunyo g`amini g`am dema, dod-ay,
Salomat-ey.


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Shohruhxon - Quvg’in (Dam dema) qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 12:57Скачать
Shohruhxon feat. Shaxriyor - Quvg’in qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 12:50Скачать
Umidaxon - Dema-dema qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:09Скачать
Shahzod guruhi - Yo’q dema qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:59Скачать
Dilshod Ali - Yo’q dema qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:28Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.