Suvon Bahronov - G'iybat

- Исполнитель: Suvon Bahronov
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 04.09.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Suvon Bahronov, Suvon Bahronov 2025
Сувон Баҳронов - Ғийбат
Biror bir ustozni qo'lin tutmagan
Har maqomda yo'rg'alab jonli aytmagan
San'atning mehnatli nonin yutmagan
Ustoz Sheralini g'iybat qilmasin
Birinchi muhabbat deya oqqanlar
Gulbadandan dilga olov yoqqanlar
O'zbegimni aytib bola boqqanlar
Ustoz Sheralini g'iybat qilmasin
O'zbegimni aytib bola boqqanlar
Ustoz Sheralini g'iybat qilmasin
Hasaddan tunlari uyqusi kelmay
San'at devoriga bitta g'isht qo'ymay
Ijod mashaqqatin neligin bilmay
Ustoz Sheralini g'iybat qilmasin
Haqiqiy ijodni qadrini bilmay
Ustoz Sheralini g'iybat qilmasin
Bugun uni hech kim bilmagan bo'lsa
Ovozidan ko'ngli to'lmagan bo'lsa
Umrida omadi kelmagan bo'lsa
Ustoz Sheralini g'iybat qilmasin
Bir paytlari qo'shig'in tinglab yig'lagan
Sura'ting qo'ynida solib uxlagan
Nega muxlis bo'lib nomin bulg'agan
Ustoz Sheralini g'iybat qilmasin
Mayli tan olmagin Ahad Qayumni
Alloh o'zi berar so'ngi hukumni
Nafratiga uchrab ona xalqimni
Ustoz Sheralini g'iybat qilmasin
Nafratiga uchrab ona xalqimni
Ustoz Sheralini g'iybat qilmasin
Ustoz Sheralini g'iybat qilmasin
Ustoz Sheralini g'iybat qilmasin