» » Ucell reklamasidagi yana bir xato to‘g‘rilandi

Ucell reklamasidagi yana bir xato to‘g‘rilandi

Ucell mobil aloqa operatorining rasmiy saytida joylashtirilgan reklama bannerida yana imloviy xatolarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. Bu haqda Facebook’dagi “Professional va havaskor tarjimonlar” guruhi a’zolari ma’lum qilgan.

 

Foto: Facebook / “Professional va havaskor tarjimonlar”

Keltirilgan skrinshotda Ucell saytidagi “Bonuslarni ko‘paytiring” aksiyasi reklamasida “tasavvur” so‘zi “tassavur”, “zahoti” so‘zi “zohoti” ko‘rinishida berilgani aks etgan. Ushbu xatolar tezlik bilan to‘g‘rilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ucell’ning Toshkentdagi JobFair-2015 ko‘rgazmasi uchun chiqarilgan reklama materiallarida “olmadingizmi” so‘zi “o‘lmadingizmi” ko‘rinishida berilgani xabar qilingan edi. Keyinroq kompaniya ushbu xato uchun uzr so‘ragan.

 

Manba : Daryo.uz


.



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2019 бесплатно.