» » Beeline Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun “G‘alaba!” tarifini ishga tushiradi

Beeline Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun “G‘alaba!” tarifini ishga tushiradi

Beeline mobil aloqa operatori 2015-yil 16-aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ikkinchi jahon urshi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari uchun “G‘alaba!” tarifi ishga tushirilayotganini e’lon qildi.

Foto: Beeline

Abonent tomonidan to‘lanmaydigan 3 dollar balansga ega bo‘lgan, shuningdek O‘zbekiston bo‘yicha bepul 300 ta SMS va daqiqalardan iborat “G‘alaba!” tarif rejasida abonent to‘lovi ham bo‘lmaydi. “Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlikda faxriylar ofisga kelib, ortiqcha kuch sarflamasliklari uchun harakat qilinishi ham qayd etilgan.

Shuningdek, Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab har yili o‘tkazib kelinadigan “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasiga ham o‘zgartirish kiritiladi. Har yili 21-mart, 9-may, 1-sentabr va 31-dekabr kunlari “G‘alaba!” tarif rejasi abonentlariga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga 7 kun mobaynida bepul 30 daqiqa taqdim etiladi.

 

Manba : Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.