» » Chamadonga yashiringan afrikalik Ispaniyaga yetmay vafot etdi

Скачать Chamadonga yashiringan afrikalik Ispaniyaga yetmay vafot etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Chamadonga yashiringan afrikalik Ispaniyaga yetmay vafot etdi

Chamadon ichiga yashiringan shimoliy afrikalik erkak Ispaniyaning Afrika qismidan Yevropa tomoniga yo‘l olgan paromda vafot etdi. EFE agentligi xabariga ko‘ra, mazkur sayohat besh soat davom etgan.

Chamadonga yashiringan afrikalik Ispaniyaga yetmay vafot etdi

Ichida odami bor chamadon marhum muhojirning akasi boshqaruvidagi avtomobilda bo‘lgan. Parom Almeriya qirg‘oqlariga yetganida, haydovchi mahalliy ma’muriyat vakillariga 27 yoshli qarindoshining ahvoli yaxshi emasligini ma’lum qilgan. The Local ma’lumotiga ko‘ra, erkakni jonlantirishga harakat qilgan qutqaruvchilar uning o‘limini qayd etishgan. Marhumning akasi hibsga olingan.

2015-yilning mayida ham shunga o‘xshash hodisa yuz bergan edi. O‘shanda ispan chegarachilari rentgen apparati yordamida chamadon ichida 8 yashar bola borligini aniqlagan. Bola Ispaniyaga ota-onasi bilan yana birga bo‘lish uchun olib ketilayotgan edi. Iyunda bola odamni chegaradan noqonuniy olib o‘tishga urinishda ayblangan ota-onasi bilan ko‘rishgan.

Ma’lumot uchun, 2015-yil boshidan beri o‘n minglab muhojirlar O‘rtayer dengizini kesib o‘tib, Yevropaga kirib borishga harakat qildi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida ularning ikki yuz mingga yaqini halok bo‘lgan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.