» » AQShda 9 yoshli bola boshiga beysbol tayog‘i tegishidan halok bo‘ldi

AQShda 9 yoshli bola boshiga beysbol tayog‘i tegishidan halok bo‘ldi

AQShda to‘qqiz yoshli Kayzer Karlayl boshiga beysbol tayog‘ining tegib ketishidan halok bo‘ldi, debxabar beradi “Segodnya.ua”.


 

AQShda 9 yoshli bola boshiga beysbol tayog‘i tegishidan halok bo‘ldi

 

 

Hodisa 2-avgust, yakshanba kuni Uichito shahrida (Kanzas shtati) sodir bo‘ldi. National Baseball Congress havaskor ligasi o‘yini davomida beysbolchilardan biri zarba bergandan so‘ng, qo‘lidagi beysbol tayog‘i uchib ketib bolaning boshiga urildi. Sudya Mark Goldfeder tez yordam yetib kelgunga qadar Karlaylga birinchi yordam ko‘rsatdi.

Bola og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazildi. Bir sutkadan keyin u vafot etdi. Karlayl jamoalardan birida beysbol tayog‘ini uzatib turuvchisi edi.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.