» » Xitoyning Shaolin monastiri bosh ruhoniysini Tailandga kiritishmadi

Скачать Xitoyning Shaolin monastiri bosh ruhoniysini Tailandga kiritishmadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Xitoyning Shaolin monastiri bosh ruhoniysini Tailandga kiritishmadi

Xitoyning Shaolin budda monastiri bosh ruhoniysini Tailandga kiritishmadi, deya xabar bermoqda The Global Times.

 

Xitoyning Shaolin monastiri bosh ruhoniysini Tailandga kiritishmadi

 

Rasman Shaolin rahbari hisoblanuvchi Shi Yunsin madaniy almashuv dasturi bo‘yicha Tailandga otlangan budda delegatsiyasiga boshchilik qilishi kerak edi. Biroq Shaolindagilar aniqlik kiritishicha, Shi korrupsiya va xiyonatda ayblanib, tergov ostida bo‘lgani hamda Xitoy Diniy ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan so‘roq qilinayotgani tufayli xorijga chiqa olmagan.

Tergovga o‘zini Shi Yunsinning sobiq shogirdlaridan biri deb tanishtirgan odamning gaplari sabab bo‘ldi. U Shi 1980-yillar oxirida monastirdan sharmandalarcha quvilgani, betartib hayot kechirib, qalbaki hujjatlardan foydalangani, nikohsiz tug‘ilgan farzandlari borligi haqida internetda yozgan.

Biroq Shaolin matbuot xizmati va Shining o‘zi ham bu ayblovlarni rad etib, politsiyaga shikoyat qildi va sobiq shogirdini javobgarlikka tortishni so‘radi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.