» » Misrda yangi Suvaysh kanali ochilish marosimining xavfsizligini o‘n ming tartib saqlovchilar ta’minlaydi

Misrda yangi Suvaysh kanali ochilish marosimining xavfsizligini o‘n ming tartib saqlovchilar ta’minlaydi

Misrda 6-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi Suvaysh kanalining ochilish marosimida kamida o‘n ming tartib saqlovchi xavfsizlikni ta’minlaydi, deb xabar beradi “TASS”.

 

Misrda yangi Suvaysh kanali ochilish marosimining xavfsizligini o‘n ming tartib saqlovchilar ta’minlaydi

 

 

Qurolli kuchlar yangi kanal o‘tuvchi Suvaysh, Ismoiliya va Port-Said hududlarida jamoat xavfsizligiga nisbatan tahdidlarni oldini olish uchun keng ko‘lamli operatsiyalarni amalga oshiradi.

6-avgust kuni Misrda yangi 72 kilometrlik Suvaysh kanalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Uning qurilishi iyul oyining o‘rtalarida yakunlangan edi. Misrga ushbu loyihani amalga oshirish sakkiz milliard dollarga tushdi.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.