» » Moskva viloyatida o‘quvchi qiz temir yo‘lda selfi olishga urinib halok bo‘ldi

Moskva viloyatida o‘quvchi qiz temir yo‘lda selfi olishga urinib halok bo‘ldi

Moskva viloyatida 14 yoshli o‘quvchi qiz temir yo‘l ustida selfiga tushishga urinish chog‘ida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.

 

Moskva viloyatida o‘quvchi qiz temir yo‘lda selfi olishga urinib halok bo‘ldi

 

 

Qayd etilishicha, uch nafar voyaga yetmagan qiz yaxshi selfiga tushish maqsadida Moskva temir yo‘llarining Kiyev yo‘nalishidagi Tolstopalsevo bekatiga kelgan.

Ulardan biri stansiyada turgan yuk poyezdining sisternasi ustiga chiqib, tikka turgan va elektr simini ushlagan. 27 ming volt quvvatga ega tok urgach, qiz voqea joyida halok bo‘lgan. Hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan.

Avvalroq, Moskvada 21 yoshli qiz do‘stlari bilan suratga tushayotib, ko‘prikdan qulab tushgan va hayotdan ko‘z yumgani xabar berilgan edi. Shundan keyin Rossiya Ichki ishlar vazirligi aholigi xavfsiz selfi qoidalarini tushuntirishga qaror qilgan va Moskvada baland uylar tomlari, ko‘priklar va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa obyektlarda selfining xatari to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilishirejalashtirilgan.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.