» » Lavrov Putinning IShIDga qarshi kurash bo‘yicha rejasi bilan tanishtirdi

Скачать Lavrov Putinning IShIDga qarshi kurash bo‘yicha rejasi bilan tanishtirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Lavrov Putinning IShIDga qarshi kurash bo‘yicha rejasi bilan tanishtirdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh va Saudiya Arabistonidagi hamkasblari bilan uchrashuvda Moskvaning IShID hamda “Al Qoida” bilan bog‘liq boshqa tashkilotlarga qarshi kurash bo‘yicha taklifini taqdim etdi, deb yozadi “Vedomosti”.

 

Lavrov Putinning IShIDga qarshi kurash bo‘yicha rejasi bilan tanishtirdi

 

 

Bunda gap “Suriya, Iroq va mintaqaning boshqa mamlakatlarida terrorchilarga mustahkam to‘siq qo‘yish maqsadida kelishilgan xalqaro huquq asosida keng aksilterrorchilik frontini tuzish” haqida bormoqda.

Moskva fikricha, havodan berilayotgan zarbalarning o‘zi yetarli emas, yerda turib ham kurasha oladigan hamfikrlar koalitsiyasini tuzish kerak. Lavrov aniqlik kiritishicha, bu Suriya va Eron armiyasini, shunindek, kurdlarni ham o‘z ichiga oladi.

Moskva koalitsiya uchun BMT Xavfsizlik kengashining mandati bo‘lishini muhim deb hisoblaydi. Ushbu mavzuga Putin BMT Bosh Assambleyasining sentabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan 70-sessiyasi ochilishidagi nutqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchi.

 


Manba: daryo.uz

 

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.