» » AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazdi

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazdi

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda“Exo Moskvi”. Qayd etilishicha, uning jigarining bir qismi olib tashlangan.

 

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazdi

 

Karterga qanday tashxiz qo‘yilgani ma’lum qilinmagan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, 90 yoshli siyosatchi operatsiya vaqtida qiyinchiliklarga duch kelmagan.

Ma’lumot uchun, Demokratlar partiyasi vakili bo‘lgan AQShning 39-prezidenti Jimmi Karter mamlakatni 1977—1981-yillarda boshqargan. Prezidentlikdan ketganidan keyingi tinchlikparvar faoliyati uchun Karterga 2002-yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti berilgan.

 

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.