» » Yagona portalda talabalar turar joyida yashash uchun elektron ariza yuborish xizmati ishga tushirildi

Скачать Yagona portalda talabalar turar joyida yashash uchun elektron ariza yuborish xizmati ishga tushirildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yagona portalda talabalar turar joyida yashash uchun elektron ariza yuborish xizmati ishga tushirildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida talabalarga bir necha masalalarni qulay va tez hal qilish imkonini beruvchi interaktiv xizmatlar ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “Infocom.uz”.

 

Yagona portalda talabalar turar joyida yashash uchun elektron ariza yuborish xizmati ishga tushirildi

 

 

Abituriyentlarning hujjatlar to‘plamini qaytarib olish uchun elektron ariza berish. Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan hujjatlar to‘plamini imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng qaytarib olish zaruriyati tug‘ilganda, abituriyentlar Yagona portal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ariza yuborishi mumkin. Joriy etilgan yangi xizmat viloyatlarda, oliy o‘quv yurtidan olisda istiqomat qiluvchi abituriyentlar uchun hujjatlar to‘plamini qaytarib olishda qulay imkoniyat yaratadi. Xizmat natijasiga ko‘ra, abituriyentga buyurtma pochta orqali hujjatlar to‘plami qaytariladi. Arizachi yashash manziliga yaqin bo‘lgan pochta bo‘limlariga tashrif buyurib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etgan holda hujjatlarni olishi mumkin.

Talabalar turar joyida yashash uchun elektron ariza yuborish. Mazkur interaktiv xizmat oliy ta’lim muassasalariga yangi o’qishga qabul qilingan talabalar uchun mo’ljallangan. Talabalar mazkur xizmatdan onlayn tarzda ariza berishi va bo‘sh yashash o‘rni mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot olishi mumkin. Ushbu interaktiv xizmatdan 2015/2016-o‘quv yili boshida (test sinovlari e’lon qilingandan so‘ng) foydalanish mumkin.

Talabalar turar joyi uchun elektron to‘lov. Mazkur interaktiv xizmat oliy ta’lim muassasalariga yangi o’qishga qabul qilingan talabalar uchun mo‘ljallangan. Talabalar mazkur xizmatdan onlayn tarzda ariza berishi va oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng elektron to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Ushbu interaktiv xizmatdan 2015/2016-o‘quv yili boshida (test sinovlari e’lon qilingandan so‘ng) foydalanish mumkin.

Yuqoridagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaga o‘qishga kirish uchun onlayn hujjat topshirish. Mazkur interaktiv xizmat oliy ta’lim muassasalarining Magistratura bo’limiga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish jarayonini olib boradi. Ushbu interaktiv xizmat Bakalavr yo‘nalishlarini tamomlagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Xizmatdan foydalanish uchun tegishli havola Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saytiga joylashtirilgan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.