» » Qozog‘istonda 7 ta internet sayti yopib qo‘yildi

Qozog‘istonda 7 ta internet sayti yopib qo‘yildi

G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Aksay shahrida 16 yoshli o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qilgandan so‘ng, Bo‘rli tuman prokuraturasi o‘z xohishi bilan hayotni tark etishni targ‘ib etuvchi yettita internet saytini yopib qo‘yish bo‘yicha chora ko‘rdi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar beradi.

 

4-sonli maktab o‘quvchisi 2014-yilning 25-noyabr kuni o‘z joniga qasd qilgan edi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari fojia sabablarini aniqlash uchun surishtiruv ishlarini olib bordi. Vafot etgan qizning akkauntlari o‘rganilganda, uning “O‘z joniga qasd qilish” va “O‘z joniga qasd qilish usullari” kabi internet saytlariga tez-tez kirib turganligi aniqlandi.

Tekshiruv natijasida aniqlangan, o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qiluvchi saytlar to‘liq yopib qo‘yildi.

 

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2018 бесплатно.