» » Shveysariyaga yo‘l olgan kemadan Pikasso qalamiga mansub rasm topildi

Shveysariyaga yo‘l olgan kemadan Pikasso qalamiga mansub rasm topildi

Pablo Pikasso qalamiga mansub va 25 million dollar baholanayotgan “Yosh ayol boshi” rasmi Korsikada, Shveysariyaga jo‘nayotgan kemada fransuz bojxonachilari tomonidan musodara etildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

 

Shveysariyaga yo‘l olgan kemadan Pikasso qalamiga mansub rasm topildi

 

Rasm ispaniyalik bankir Jeymi Botenga tegishli. Bu janob kema egalaridan biri hisoblanadi, ammo hodisa chog‘ida kemada bo‘lmagan. Kapitan bojxonachilarga ushbu rasm madaniy meros hisoblanishi va Ispaniya hududidan chiqmasligi lozimligi ta’kidlangan protokolni ko‘rsata olgan, xolos.

2012-yili bankir kolleksiyasidagi ushbu qimmatbaho eksponatni Buyuk Britaniyaga olib ketishga harakat qilgan, ammo Ispaniya madaniyat vaziri bu iltimosni rad etgandi.

Ayni paytda Fransiya ma’murlari ispaniyalik hamkasblaridan rasmni qaytarish yuzasidan talabnoma kutmoqda.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.