» » Rossiyalik suxandon o‘zbekistonlik sportchini Belarus vakili deb tanishtirdi

Скачать Rossiyalik suxandon o‘zbekistonlik sportchini Belarus vakili deb tanishtirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Rossiyalik suxandon o‘zbekistonlik sportchini Belarus vakili deb tanishtirdi

Qozon shahrida davom etayotgan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida chorak va yarim final bellashuvlari o‘tkazildi, deya xabar bermoqda “Sports.uz”.

 

Rossiyalik suxandon o‘zbekistonlik sportchini Belarus vakili deb tanishtirdi

 

50 metrga brass usulida suzish bo‘yicha o‘zbekistonlik Vladislav Mustafin yarim finalga chiqishni uddalagandi. Ammo tajribali sportchi yarim final bahslarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va musobaqani tark etdi.

Ta’kidlash joizki, yarim final bellashuvlarini sharhlab borgan rus suxandoni Mustafinni Belarus respublikasi vakili sifatida tanishtirdi. Dmitriy Guberniyev ilgari ham xuddi shunday xatoga yo‘l qo‘ygandi. O‘shanda Sochi shahridagi qishki Olimpiada o‘yinlari ochilish marosimi translyatsiyasi paytida Guberniyev adashib, O‘zbekiston jamoasini Tojikiston deb tanishtirgan edi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.