» » O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Igor Savitskiyning 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Скачать O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Igor Savitskiyning 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Igor Savitskiyning 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 4-avgust kuni restavrator, etnograf, san’atshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan rassom, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi, Nukus san’at muzeyi tashkilotchisi va birinchi direktori Igor Savitskiyning 100 yilligiga bag‘ishlangan “O‘rta Osiyo Tretyakovi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Bu haqda kutubxona saytida xabar berilgan.

 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Igor Savitskiyning 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

 

Igor Vitalyevich Savitskiy 1915-yilda tavallud topgan. 1941-yilda Surikov nomidagi Moskva davlat rassomchilik institutiga o‘qishga kirgan. Kasalligi tufayli armiyaga chaqirilmagan. U tahsil olayotgan institut 1942-yildan 1944-yilga qadar Samarqandga evakuatsiya qilinadi. Shu yerda u birinchi marta O‘rta Osiyo xalqlarining o‘ziga xos va qiziqarli madaniyati bilan tanishadi.

1950-yilda esa u arxeologik-etnografik ekspeditsiya tarkibida O‘zbekistonga keladi va qoraqalpoq xalq amaliy san’ati namunalari bilan qiziqadi. Savitskiyning merosi 7452 rasm, 25223 grafika, 1322 skulpturalar, 7562 xalq amaliy san’ati namunalari, 1902 tangalar, 8618 arxeologik topilmalardan tashkil topgan.

Savitskiy “Yog‘och o‘ymakorligi” kitobi va “Qoraqalpoq xalq amaliy san’atiga doir nodir namunalarini to‘plashdagi faoliyati” uchun Berdaq nomidagi respublika mukofoti sovrindori hisoblanadi. 2002-yilda esa O‘zbekiston fani va madaniyatining taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun, O‘zbekiston Prezidentining Farmoniga muvofiq, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Milliy kutubxonadagi ko‘rgazmada Savitskiyning “Nukus davri” hayoti haqida hikoya qiluvchi, uning do‘stlari, davomchilari va shogirdlarining musavvir, san’at durdonalari to‘plovchisi, restavrator, qoraqalpoq san’ati va madaniyati san’atshunos-tadqiqotchisi, muzey tashkilotchisi, rahbari, yetakchi va ustoz sifatida o‘ziga xos faoliyati haqidagi xotira-kitoblari va musavvirning ilmiy izlanishlari natijasida dunyoga kelgan tadqiqotlari o‘rin olgan.

Kitob va rasmlar bilan bir qatorda muallif qalamiga mansub “Qoraqalpoq xalq amaliy san’ati. Yog‘och o‘ymakorligi” kitobi ham ko‘rgazma mehmonlari e’tiboriga havola etilmoqda.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.