» » Misr Suvaysh kanalidan 10 yil foydalanish davomida 47 milliard dollar daromad oldi

Misr Suvaysh kanalidan 10 yil foydalanish davomida 47 milliard dollar daromad oldi

Misr o‘tgan o‘n yil davomida Suvaysh kanalidan foydalanish orqali qariyb 47 milliard dollar ishlab topdi. Bu haqda, Misr davlat statistika agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

 

Misr Suvaysh kanalidan 10 yil foydalanish davomida 47 milliard dollar daromad oldi

 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2004—2014-yillar oralig‘ida Suvaysh kanalidan foydalanish natijasida Misr g‘aznasiga qariyb 47 milliard dollar, yiliga o‘rtacha 4,7 milliard dollardan daromad tushgan. Eng ko‘p daromad 2009/2010-yilgi mavsumda — 5,5 milliard dollar, eng kam daromad esa 2004/2005-yilgi mavsumda — 3,3 milliard dollar — olingan.

Mazkur o‘n yillik davomida Suvaysh kanalini 182,2 mingta turli kema kechib, umumiy hisobda 8,3 milliard tonna yukni olib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, 6-avgust kuni Misrda 72 kilometrli yangi Suvaysh kanalining ochilishi bo‘lib o‘tadi. Qurilishi iyul oyida yakuniga yetgan obyekt uchun Misr hukumati 8 milliard dollar sarfladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilga borib Suvaysh kanalidan yiliga 15 milliard dollar miqdorida daromad olinadi.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.