» » Xitoy kompaniyasi Janubiy Koreyaning “Sevol” paromini dengiz tubidan olib chiqadi

Скачать Xitoy kompaniyasi Janubiy Koreyaning “Sevol” paromini dengiz tubidan olib chiqadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Xitoy kompaniyasi Janubiy Koreyaning “Sevol” paromini dengiz tubidan olib chiqadi

 

Xitoyning Shanghai Salvage davlat kompaniyasi Janubiy Koreyaning o‘tgan yili cho‘kib ketgan “Sevol” paromini suv tubidan olib chiqish bo‘yicha tanlovda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Koreya Respublikasining dengiz va baliq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

 

Xitoy kompaniyasi Janubiy Koreyaning “Sevol” paromini dengiz tubidan olib chiqadi

 

 

Vazirlikda ta’kidlanishicha, ushbu amaliyot kelgusi yil iyulida boshlanadi. 5-avgust, chorshanba kuni imzolanishi kutilayotgan shartnoma qiymati 73 million dollarni tashkil etadi.

Shanghai Salvage  dengiz tubidan suv sig‘imi 6,83 ming tonna bo‘lgan paromni qismlarga bo‘linmagan va yoqilg‘isi to‘kilmagan holatda tortib chiqarishi lozim. Halok bo‘lganlardan kamida to‘qqiz kishining jasadi paromda qolib ketganligi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, parom 2014-yil aprelida Inchxon portidan Chejudo oroliga yo‘l olayotganida cho‘kib ketgan. Fojia oqibatida 300 nafardan ziyod kishi, asosan maktab o‘quvchilari va talabalar halok bo‘ldi. “Sevol” kapitani Li Jun Sok umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.