» » Chexiya prezidenti Yevroittifoqqa qarshi borib, Putin va Kim Chen In bilan Xitoydagi paradda qatnashadi

Скачать Chexiya prezidenti Yevroittifoqqa qarshi borib, Putin va Kim Chen In bilan Xitoydagi paradda qatnashadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Chexiya prezidenti Yevroittifoqqa qarshi borib, Putin va Kim Chen In bilan Xitoydagi paradda qatnashadi

Chexiya prezidenti Milosh Zeman sentabrda Xitoyda Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga bag‘ishlangan paradga tashrif buyurmoqchi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda” Chexiya tashqi ishlar vazirligiga tayanib. Avvalroq esa YeI ushbu tadbirga birgalikda boykot e’lon qilishni taklif etgandi.

 

Chexiya prezidenti Yevroittifoqqa qarshi borib, Putin va Kim Chen In bilan Xitoydagi paradda qatnashadi

 

“Prezidentimiz Xitoydagi bayramga borishni istashini bilardik. Biz YeIning muvofiqlashgan pozitsiyasini rad etishga majbur bo‘ldik”, — dedi Chexiya TIV matbuot kotibi.

Zemanning vakili so‘zlariga ko‘ra, Chexiya prezidenti YeIning pozitsiyasini noto‘g‘ri deb hisoblaydi.

Paradda qatnashmaslikka asosiy sabab sifatida Xitoy va Yaponiya o‘rtasidagi keskinlikni kuchaytirishdan qochish keltirilmoqda.

Milosh Zeman paradda yagona yevropalik siyosatchi bo‘lishi mumkin. U yerda, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bo‘ladi. Chexiya OAVlari bunday qadamni “YeIga xiyonat” deb atamoqda.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.