» » Apple virtual uyali aloqa operatoriga aylanadi

Apple virtual uyali aloqa operatoriga aylanadi

Apple kompaniyasi vitual uyali aloqa operatori (Mobile Virtual Network Operator — MVNO) sifatida faoliyat boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda va aloqa operatorlari bilan mazkur masalada muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Business Insider nashriga tayanib, “Telecom.cnews.ru” xabar berdi.

 

Apple virtual uyali aloqa operatoriga aylanadi

 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple o‘zining yangi xizmatini AQShda sinovdan o‘tkazishni boshladi, Yevropadagi operatorlar bilan ham muzokaralar ketyapti.

Yangilik shundan iboratki, Apple virtual operatori mijozlari uyali aloqa operatorlariga emas, mobil ma’lumotlarni yetkizgani, qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirgani, SMS-xabarlar jo‘natgani, xullas, shu paytga qadar o‘z operatorida qanday xizmatlardan foydalangan bo‘lsa, barchasini bajargani uchun, Apple’ga pul to‘laydi. Farq shundan iboratki, kompaniyaning maxsus SIM-kartasi yordamida mijoz bir operatordan boshqalariga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 


Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.