» » Xitoydagi matematika fanidan xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi 2-o‘rinni egalladiXitoydagi matematika fanidan xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi 2-o‘rinni egalladi

Xitoydagi matematika fanidan xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi 2-o‘rinni egalladiXitoydagi matematika fanidan xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi 2-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 27—31-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Chanchun shahrida matematika fanidan bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi muvaffaqiyat qozondi, deya xabar bermoqdaO‘zA. Mazkur intellektual bellashuvda o‘ttizga yaqin davlatdan olti yuzdan ortiq o‘quvchi qatnashdi.

 

Xitoydagi matematika fanidan xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi 2-o‘rinni egalladiXitoydagi matematika fanidan xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi 2-o‘rinni egalladi

 

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Bilimlar bellashuvi”ning tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida faol qatnashgan 6—8-sinflarning 300 o‘quvchisidan iborat maxsus jamoa shakllantirildi. Ular orasidan tanlov asosida saralab olingan to‘rt nafar o‘quvchiga algebra, geometriya, ehtimollar nazariyasi elementlari, matematik mantiq bo‘yicha masalalar ishlashning ilg‘or uslublari o‘rgatildi.

Natijada Xitoyda bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi 17-ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi Jahongir To‘rayev, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 8-sinf o‘quvchisi Abbos Sayliyev yakka tartibdagi bellashuvda kumush medalga loyiq topildi. Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatining 7-sinf o‘quvchisi Saydali Murodillayev, poytaxtdagi 50-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi 7-sinf o‘quvchisi Robert Chestnov faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Turnirda umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab, musobaqa kubogini qo‘lga kiritdi.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.