G‘aroyib 10 avtomobil (foto)

 

 

Mashina birinchi galda A manzildan B manzilga yetib olish imkonini beruvchi harakat vositasidir. Kimdir undan o‘z maqomini ko‘z-ko‘z qilish uchun, yana kimdir ehtiyojini qondirish uchun foydalanadi. Biroq quyida keltirilgan avtomobillar insonni lol va hayron qoldirishga xizmat qiladi, deb yozadi “Nur.kz”.

Paxmoq avtomobil


“Paxmoq it” — “Ahmoq va undan ham ahmoqroq” filmlari bosh qahramonlarining avtomobili. Furgon Ford E-Series/Econoline asosida tayyorlangan.

Gigant jip


Jip qancha katta bo‘lsa, uni boshqarayotgan erkak ham o‘zini shu qadar kuchli his qiladi. BAAlik Hamad bin Hamdan al-Nahyon ismli shayxga tegishli 4,4 tonnali jip avtomobilning eng asosiy o‘ziga xosligiga ega — harakatlana oladi.

Simli Lamborghini


Eng muhimi, bu mashina ham harakatlana oladi. Lekin haqiqiy Lamborghini’lardek tezkor emas, aks holda tilka-pora bo‘lib ketishi mumkin.

Shaffof avtomobil


Avtomobilning ichki tuzilishini tomosha qilish uchun mazkur Nissan juda mos keladi, biroq yashirinish, ovqatlanish va boshqa oshkora amalga oshirilmaydigan ishlar uchun ma’qul mashina emas.

Porsche-velosiped


Ko‘rinishidan eng haqiqiy va eng zo‘r Porsche, lekin… dvigatel yo‘q. Avtomobil velosiped tepkisi yordamida harakatga keltiriladi. Do‘stlarni chuv tushirish uchun zo‘r “o‘yinchoq”.

Muz-avtomobil


Jazirama havoda konditsionerning ham, dezodorantlarning ham kuchi yetmay, tana “erib” ketayotganida, Canadian Tire va Iceculture tomonidan ishlab chiqilgan mana shu yuk mashinasi yordamga keladi.

Sport poyabzali ko‘rinishidagi mashina


Sport liboslarinig ishqibozlari va sog‘lom turmush tarzini olib boruvchilar uchun juda mos avtomobil.

Baland poshnali avtomobil


Ayollar poyabzali ko‘rinishidagi avtomobil. Kim aytgandi oyoq kiyimining ichida o‘tirib, sayr qilib bo‘lmaydi, deb?

Bittasining narxiga ikkita qo‘ng‘iz


Kichik avtomobillar avtoturargohlarga joylashtirish va tirbandliklarda harakatlanish uchun qulay, biroq unga ko‘p odam sig‘maydi. Muammoni qanday hal qilish mumkin? Ikkinchi avtomobil yordamida.

Klaustrofoblar uchun emas


Shahar tirbandliklarida oson harakatlana oladigan va to‘xtab turgan mashinalar orasiga suqila oladigan avtomobillar zamonamizda oltinga tenglashtiriladi. Muhimi, hajmni kichraytirish masalasiga qattiq sho‘ng‘ib ketmaslik kerak. Masalan, butun umr dehqonchilik qilgan xitoylik Old Guo 500 dollarga mashina yasab oldi. Kapot ostida mitti elektr dvigatel joylashgan bo‘lib, bir marta quvvatlantirilsa, 60 kilometr yo‘lni ko‘rdim demaydi.

Kompakt avtomobillarning boshqa variantlarini ham ko‘rish mumkin.




 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.