» » Putin Xabarovsk o‘lkasidagi YTH munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Putin Xabarovsk o‘lkasidagi YTH munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning Xabarovsk o‘lkasida ikki avtobus ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchilari va qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Putin Xabarovsk o‘lkasidagi YTH munosabati bilan hamdardlik bildirdi

 

Rossiya prezidenti mamlakat yo‘llarida xavfsizlikni yaxshilash uchun tegishli choralarni ko‘rish zarurligini qayd etib o‘tdi. “Yo‘llarimizda tez-tez baxtsiz hodisalar ro‘y bermoqda, aksariyat hollarda mazkur hodisalarning ko‘lami katta va qurbonlari soni ko‘p”, — dedi Putin.

Avvalroq mahalliy politsiya avtobuslar ishtirokidagi YTH natijasida 16 kishi halok bo‘lgani va bir necha o‘nlab odamlar tan jarohati olganini tasdiqlagan edi.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.