» » Bill Klinton BAA jamg‘armasidagi faoliyati uchun 5,5 million dollar olgan

Скачать Bill Klinton BAA jamg‘armasidagi faoliyati uchun 5,5 million dollar olgan в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Bill Klinton BAA jamg‘armasidagi faoliyati uchun 5,5 million dollar olgan

AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton 2011-yildan beri BAA ta’lim tarmoqlaridan birining xayriya jamg‘armasiga rahbarlik qilgani uchun 5,5 million dollardan ko‘proq pul olgan. Bu haqda “RIA Novosti”xabar bermoqda.

 

Bill Klinton BAA jamg‘armasidagi faoliyati uchun 5,5 million dollar olgan

 

1993—2001-yillarda AQShga prezidentlik qilgan Klinton 2010-yili GEMS Education maktablar tarmog‘idan Varkey GEMS Foundation xayriya tashkilotining faxriy raisi bo‘lish taklifini olgan.

Sobiq prezidentning turmush o‘rtog‘i, o‘z vaqtida AQSh davlat kotibi sifatida faoliyat olib borgan Hillari Klinton tomonidan e’lon qilingan soliq deklaratsiyasiga muvofiq, 2011-yildan beri janob Klinton GEMS Education’dan 5,625 million dollar olgan.

Mazkur ma’lumotlar Hillari Klintonning prezident saylovi bo‘yicha saylovoldi tashviqoti doirasida e’lon qilindi. Klintonga 2011-yili 500 ming, 2012-yili 1,25 million, 2013-yili 1,75 million, 2014-yili esa 2,125 million dollar to‘langan. 2015-yilgi ma’lumotlar keltirilmagan. Bundan tashqari, sobiq prezident 2013-yil aprelida Abu-Dabida tashkil etilgan sayyohlik forumidagi nutqi uchun 500 ming dollar olgan.

Varkey GEMS Foundation jamg‘armasi bir vaqtning o‘zida bir necha siyosiy arboblar bilan, xususan, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan ham ish olib boradi. Jamg‘armaning asosiy maqsadi — ta’lim targ‘iboti va ehtiyojmand bolalarga yordam ko‘rsatish.

Bill Klintonga to‘langan pullar haqidagi axborot yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan GEMS ta’lim tarmog‘i Dubayda joylashgan bo‘lib, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrikaning 19 mamlakatidagi 50 maktabni boshqaradi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.