» » Senatning 6-avgustda ochiladigan yalpi majlisida 6 ta qonun ko‘rib chiqiladi

Скачать Senatning 6-avgustda ochiladigan yalpi majlisida 6 ta qonun ko‘rib chiqiladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Senatning 6-avgustda ochiladigan yalpi majlisida 6 ta qonun ko‘rib chiqiladi

6-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi ochiladi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Senatning 6-avgustda ochiladigan yalpi majlisida 6 ta qonun ko‘rib chiqiladi

 

Yalpi majlis arafasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘lg‘usi yalpi majlisni o‘tkazishga tayyorgarlik to‘g‘risida ishchi guruh rahbarining axboroti tinglandi.
Kengash majlisida qayd etilganidek, Senatning bo‘lg‘usi yalpi majlisida 11 ta masala, shu jumladan, 6 ta qonun ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Kengash a’zolari qayd etganidek, majlis kun tartibiga ijtimoiy-siyosiy, sotsial, iqtisodiy, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida ahamiyati katta bo‘lgan qonun hujjatlari kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ko‘rib chiqilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining bo‘lajak yalpi majlisining muhim masalalaridan biri bo‘ladi.
Senatning yalpi majlisi muhokamasiga kiritilayotgan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), shuningdek, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining dolzarbligi hamda muhimligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Bundan tashqari, Senat a’zolari konstitutsiyaviy vakolatlariga muvofiq yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2014-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tinglaydi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.