Скачать “Tosh hammomlar” va tabiiy sut в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

“Tosh hammomlar” va tabiiy sut

Odamlar tabiiy mahsulotlarning foydasi haqida mulohaza yuritganda, ularga bemorlarni tosh hammom yordamida davolagan gruzin tabiblarini eslatging keladi. Agar bemor sog‘ayib ketsa, odamlar tosh hammom kimlarni davolaganini sanab o‘tirgan, olamdan o‘tganda esa, kimlarning umriga zomin bo‘lganini…

 

“Tosh hammomlar” va tabiiy sut

 

Eng foydali sut uydagi sigirdan sog‘ib olingani, bozordan olib kelingani, degan gap-so‘zlar xuddi shu tosh hammom voqeasini eslatadi. Faqat ikki vaziyatda sut foydali va tabiiy bo‘lishi mumkin: birinchisi – ozuqasining tarkibi va salomatligini o‘zingiz yaxshi biladigan sigiringizning suti, ozodalikka qat’iy rioya qiladigan buvingiz tomonidan toza, quyosh ostida qizigan sut chelakka sog‘ilgan va olti qavat dokadan suzib olingan hamda bakteritsid fazada, ya’ni mikroblarga qarshi xususiyatlarga ega paytida ichilgan sut. Ikkinchisi – ishlab chiqaruvchining sifat kafolati berilgan qadoqlangan sut. Nestlé® Sutim ana shunday sutlar sirasiga kiradi. Qolgani esa – xuddi lotereya kabi mavhumdir.

Nestlé Uzbekistan zavodida qayta ishlanadigan sutning hammasi 16 ta sifat testidan o‘tkaziladi. Dastlabki testlar fermer xo‘jaligida olib boriladi, bu — sutning yog‘liligi, zichligi va yangiligi bo‘yicha testlar. Agar sut tegishli parametrlarga mos kelmasa, u fermer xo‘jaliklaridan qabul qilinmaydi . Keyin bu testlar yana bir bor zavod laboratoriyasida qayta o‘tkaziladi.

Zavod faqat bir kunlik, yangi, ya’ni oxirgi bir sutka davomida sog‘ilgan sutni qabul qiladi. Uning yangiligini pH bo‘yicha tahlil aniqlaydi – sut qanchalik “eski” bo‘lsa, unda sut kislotasi shunchalik ko‘p hosil bo‘ladi va ushbu ko‘rsatkich kamayib boradi. Sutga suv qo‘shilgan yoki sigir kasallangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qiymati ko‘tariladi. Sutning zichligini tahlil qilish uning suyultirilgan-suyultirilmaganini ko‘rsatadi. Yog‘lilik esa mahsulotni standartlashtirish uchun zarur. Issiq ishlov berishga, ayniqsa, ultrapasterizatsiya jarayoniga faqat yuqori sifatli sutgina bardosh berishi mumkin.

Keyin organoleptik baholash ishlari o‘tkaziladi. Buning uchun zavodda maxsus o‘rgatilgan degustatorlar ishlaydi, ular Nestlé tomonidan maxsus ishlab chiqilgan usullar bo‘yicha sutning ta’mi, rangi, hidi va konsistensiyasini baholaydi. Eng yuqori baho — yoqimli va shirin ta’mga ega sutga beriladi. Degustatorlar ta’mni “quruq”, yetarlicha ifodalanmagan deb topishi mumkin. Ular yem-xashak, og‘ilxona, o‘t-o‘lan, sutning ta’mini taxir qiluvchi piyoz yoki sarimsoq piyoz ta’mini his qila oladi. Sut hidlarni o‘ziga juda tez “singdirish” xususiyatiga ega bo‘lib, undan neft mahsulotlari, dorilar, yuvish va dezinfeksiyalash vositalarining hidi kelib turishi mumkin. Ushbu muammolarning oldini olish maqsadida Nestlé Uzbekistan zavodida sutni saqlash va tashish uchun maxsus talablar mavjud. Faqat degustatorlar tomonidan ijobiy baho olgan sutlargina keyingi qayta ishlash jarayoni uchun qabul qilinadi.

Sut tarkibida antibiotiklar bor-yo‘qligini tekshirish — eng muhim testlardan biri. Nestlé® Sutim sutida antibiotiklar yo‘q. Umuman, antibiotiklar sutga qayerdan tushadi? Javob —sigirlarni emlash natijasida. Qoidaga ko‘ra, emlangan sigir karantinda saqlanadi, uning suti faqat buzoqlarga ichiriladi va zavodga topshirilmaydi. Zavod laboratoriyasida sut tarkibida antibiotiklar bor-yo‘qligi puxtalik bilan tekshiriladi. Agar sutdan ozgina miqdorda bo‘lsa ham antibotik topilsa, sut qaytarib yuboriladi. Antibiotiklar inson organizmiga tushar ekan, odamdagi mikroflorani ushbu turdagi antibotik guruhlariga nisbatan beta’sir qilib qo‘yadi. Agar antibiotiklar ko‘p bo‘lsa, ular organizmdagi muvozanatni buzadi – bu disbakterioz va allergiyaga sabab bo‘ladi. Tarkibida antibiotiklar mavjud bo‘lgan sutdan sut-qatiq mahsulotlarini tayyorlab bo‘lmaydi — sutni achitadigan bakteriyalar antibiotiklarga juda ta’sirchan. Shu sababli ba’zida qo‘ldan xarid qilingan sut achimaydi yoki biroz quyuladi, xolos. Nestlé® Sutim esa har qanday turdagi achitqi yordamida juda yaxshi achiydi.

Sutning tarkibidagi quruq moddalar u qay darajada foydali hamda oqsillar, uglevodlar, minerallar, vitaminlar, fermentlar, mikroelementlar, immun tanachalari va yana bir qator tarkibiy qismlarga boyligini belgilaydi. Ushbu moddalar “quruq qoldiq” deb ataladi, ularning sutdagi miqdori kamida 13 foiz bo‘lishi zarur. Organizm sut oqsilining 96 foizni o‘zlashtiradi, u to‘laqonli modda bo‘lib, tarkibida o‘rnini boshqa hech narsa bosolmaydigan barcha aminokislotalar mavjud. Bular: triptofan, lizin, metionin, fenilalin, valin, arginin, treonin, gistidin, izoleysin va leysin. Bu nomlar oddiy iste’molchiga notanish, albatta, biroq aynan shu aminokislotalar tufayli sut yuqori sifatli parhez mahsuloti hisoblanadi.

Sut tarkibida soda bor-yo‘qligini tekshirish fermerlar qay darajada halol ekanini ko‘rsatadi. Sutga soda undagi achish jarayonini to‘xtatish va eski sutni yangidek ko‘rsatish uchun solinadi. Soda sut kislotasini beta’sir qilib qo‘yadi, ammo chirituvchi mikroorganizmlar rivojlanishini to‘xtatmaydi, buning ustiga C vitaminini ham jadallik bilan yo‘q qiladi. Bunday “yangi” sutni iste’mol qilib bo‘lmaydi. Shuningdek, tarkibida vodorod peroksidining qoldiqlari topilgan sut ham yaroqsiz hisoblanadi. Ushbu modda sutga uskunalar dezinfeksiyalangan paytda tushishi mumkin.

Sut tarkibidagi mikroblarning umumiy soni, termofil va mezofil organizmlarning miqdori ham tekshiriladi. Sut turli mikroorganizmlar rivojlanishi uchun ajoyib muhit hisoblanadi. Ular sutga havodan, suvdan, changdan, kir qo‘llar orqali tushadi va jadallik bilan rivojlanadi. Sut tarkibidagi mikroorganizmlar miqdori sut qancha vaqt va qanday sharoitlarda saqlanganini ko‘rsatadi. Bular bakteriyalar, achitqilar, mog‘orlar va virus-bakteriofaglar bo‘lishi mumkin.

Ba’zi mikroorganizmlar, masalan, aktinomitsetlar sutning tuproq zarralari bilan ifloslanganidan dalolat beradi. Yana bir talay flyuoressentlanadigan bakteriyalar, ichak tayoqchalari guruhiga kiruvchi bakteriyalar mavjud. Umuman olganda, “sutda yashovchi” mikroorganizmlar yetarlicha. Ba’zi bakteriyalarning sporalari qaynatishga chidamli bo‘ladi. Sutga ultra yuqori haroratda ishlov berilganida barcha mikroorganizmlar nobud bo‘ladi, Nestlé Uzbekistan zavodida aynan shu jarayon qo‘llaniladi. Baxtimizga, bunday voqealar juda kamdan-kam hollarda uchraydi, Farg‘ona vodiysidagi sutning sifati har doim a’lo darajada.

Shuningdek, sut pasterizatsiya va ultrapasterizatsiyadan oldin bir nechta tozalash bosqichidan ham o‘tadi. So‘ngra yana bir bor sifati tekshiriladi. Tetra Pak kompaniyasining aseptik qadog‘iga quyilgan sut sakkiz kun davomida muayyan haroratlarda maxsus inkubatorlarda saqlanadi. Shundan keyin sifat bo‘limining xodimlari yana sutni tahlillardan o‘tkazadi. Agar sut o‘zining mikrobiologik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmagan bo‘lsa, unda bu partiya savdoga jo‘natiladi. Agar o‘zgartirgan bo‘lsa, bu sut partiyasi to‘liq utilizatsiya qilinadi.

Sut haqida hamma faktlarni bilasizmi?

Unda buni isbotlang va Nestlé® Sutim’ning sovg‘alariga ega bo‘ling. Tanlov haqida www.potrebiteli.uzsaytidan batafsil bilib olishingiz mumkin!
Blits-so‘rov 14-avgust kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha o‘tkaziladi.

Mahsulot sertifikatlangan. Reklama huquqi asosida

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.