» » “Sport” telekanali Yevropa Chempionlar ligasining yangi mavsumini translyatsiya qilish imkonini izlamoqda

“Sport” telekanali Yevropa Chempionlar ligasining yangi mavsumini translyatsiya qilish imkonini izlamoqda

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanali Yevropa Chempionlar ligasining 2015—2016-yilgi mavsumi o‘yinlarini translyatsiya qilish imkoniyatlarini izlamoqda. Bu haqda “Daryo”ga telekanalning xalqaro aloqalar bo‘limida ma’lum qilindi.

 

“Sport” telekanali Yevropa Chempionlar ligasining yangi mavsumini translyatsiya qilish imkonini izlamoqda

 

Qayd etilishicha, bu yuzasidan haligacha kelishuvga erishilmagan, hozircha translyatsiya huquqi qo‘lga kiritilmagan. Muzokaralar ijobiy yakun topsa, bu haqda “Daryo” orqali bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda xususiy kompaniyalar tomonidan retranslyatsiya qilinadigan Rossiyaning “NTV Plyus” kanali matbuot xizmati bilan bog‘langanimizda, telekanal tomonidan Yevropa Chempionlar ligasini translyatsiya qilish huquqi bo‘yicha o‘tkazilayotgan muzokaralar hozirda yakuniy bosqichga kirgani ma’lum qilindi.

Yevropa Chempionlar ligasini translyatsiya qilish huquqini MDH mamlakatlari ichida hozircha faqat Ukrainada Media Group Ukraine kompaniyasi, shuningdek, Turkiyada TRT telekanali va Turk Telekom kompaniyasi qo‘lga kiritgan.

 


Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.