» » O‘zbekiston musulmonlari idorasi to‘y va marosimlar tejamkorlik bilan o‘tkazilishi lozimligi to‘g‘risida fatvo chiqardi

Скачать O‘zbekiston musulmonlari idorasi to‘y va marosimlar tejamkorlik bilan o‘tkazilishi lozimligi to‘g‘risida fatvo chiqardi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston musulmonlari idorasi to‘y va marosimlar tejamkorlik bilan o‘tkazilishi lozimligi to‘g‘risida fatvo chiqardi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi barcha diniy va milliy marosimlar tejamkorlik bilan, isrofgarchiliksiz o‘tkazilishi to‘g‘risida fatvo chiqardi. Fatvo matni O‘zbekiston musulmonlar idorasining rasmiy saytidae’lon qilingan.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi to‘y va marosimlar tejamkorlik bilan o‘tkazilishi lozimligi to‘g‘risida fatvo chiqardi

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi quyidagi fatvoni barcha mo‘min-musulmonlar diqqat-e’tiborlariga havola qilib, unga amal qilishlarini so‘raydi:

  1. Musibatxonalarda payshanbalik va yakshanbalik nomi bilan qilinayotgan ehson marosimlari hech bir diniy kitoblarda yozilmagan va aytilmagan.
  2. Mayyitni iloji boricha tezroq dafn etish lozim. Mayyit sohiblari qarindosh-urug‘lari qayerda yashashlaridan qat’iy nazar dafn marosimiga yetib kelish imkoniyatlari mavjuddir.
  3. Musibat yetgan xonadonda muayyan kunga bog‘lamasdan baqadri hol oila iqtisodiga zarar yetkazmaydigan holatda biror marta ehson qilib o‘tkazilsa kifoya. Uni ham ilmiy majlis tarzida o‘tkazilib, Qur’on tilovati, hadisi shariflar asosida fayzli mav’izalar qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
  4. Qabr atrofini emas, balki umum qabriston atrofini mustahkam devor bilan o‘rash orqali qabristonlar hurmatini saqlash mumkin bo‘ladi.
  5. Shuningdek, nikoh to‘ylari va aqiqa kabi marosimlarni nihoyatda iqtisod va tejamkorlik bilan o‘tkazishlik shariatimiz ta’limoti ruhiga juda muvofiqdir.
  6. Ramazon va Qurbon hayiti kunlari bayram bo‘lgani uchun bu kunlarni azaga aylantirmasdan o‘ziga munosib holda yaxshi o‘tkazish lozim. Marhumlarni yodlash va ruhlariga duoi xayr qilish joiz, lekin bu hayit bayramiga ta’sir ko‘rsatmasligi darkor.
  7. O‘zbekiston musulmonlari idorasi barcha imom-xatiblarga, mahalla oqsoqollari va faollariga joylarda to‘y va boshqa marosimlarni juda ham ixcham, har bir oilaning iqtisodiy hol-qudratini e’tiborga olgan holda o‘tkazishlarida ularga tavsiya berishlariga chorlaydi.
  8. Barcha diniy va milliy marosimlar tejamkorlik bilan, isrofgarchiliksiz o‘tkazilsin. Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda “Isrofgarlar shaytonning birodarlaridir” – deb ogohlantirgan (Isro surasi, 27-oyat).
  9. “Pokizalik imon belgisidir”, — degan hadisi sharifga muvofiq bo‘ladi. Islom shariati musulmonlarga hargiz qiyinchilikni ravo ko‘rmaydi, chunki Qur’oni karimda “Alloh taolo sizlar uchun bu dinda hargiz qiyinchilik yaratmadi” (Haj surasi, 78-oyat), deb aytilgan. Boshqa bir oyatida “Alloh taolo hech bir bandaga qo‘lidan kelmaydigan ishlarni buyurmaydi” (Baqara surasi, 286-oyat), deyilgan. Alloh taoloning mazkur oyatlari musulmonlar diniy marosimlarini osonlik bilan o‘tkazishlari va bemalol ibodat qilishlari uchun nozil bo‘lgan. Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi vasallam) ning: “Vafot bo‘lganlarning yaxshi sifatlarini aytib eslanglar”, — degan muborak hadislarining ma’nosidan ham ayon bo‘lib turibdiki, vafot etgan odamni yodlash xotin-qizlar soch yulib, yoqa yirtib, ko‘kragiga urib yig‘lashi emas, balki faqat uni tanigan-bilgan, qo‘ni-qo‘shnilar, yoru birodarlar va qarindosh-urug‘lar yig‘ilib duolar qilib yodlashsa kifoya.

Yuqorida zikr etilgan so‘zlar shariatimiz ko‘rsatmalaridan bo‘lib, unga amal qilmoq har bir musulmon uchun ikki dunyoda savob va mukofot hosil etishida sabab bo‘ladi, inshaalloh.

Haq taolodan marhumlarimizni mag‘firat etishini, yoshlarimizga tavfiq va hidoyatda bardavom bo‘lishlarini so‘raymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Ulamolar kengashi raisi, muftiy Usmonxon ALIMOV

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.