» » Toshkentda Mustaqillik kunida xalq sayllari o‘tkaziladigan joylar e’lon qilindi

Скачать Toshkentda Mustaqillik kunida xalq sayllari o‘tkaziladigan joylar e’lon qilindi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentda Mustaqillik kunida xalq sayllari o‘tkaziladigan joylar e’lon qilindi

Toshkent shahar hokimining joriy yil 5-avgustdagi farmoyishiga binoan O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi tasdiqlandi. Bu haqda shahar hokimligi saytida ma’lum qilingan.

 

Toshkentda Mustaqillik kunida xalq sayllari o‘tkaziladigan joylar e’lon qilindi

 

Unga ko‘ra, avgust—sentabr oylarida har bir mahalla fuqarolar yig‘ini, ta’lim muassasasi, harbiy qismlarda, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har bir idora va tashkilotda, yozgi dam olish oromgohlari, sihatgohlarda mustaqillik yillarida erishilgan yutuq va marralarni tarannum etuvchi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, jonli muloqot, davra suhbatlari va turli xil ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi. Ushbu tadbirlarga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, taniqli olimlar, yozuvchilar, adiblar va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhlari jalb etiladi.

Dasturda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, nogironlar, nafaqadagi pedagoglar, urush va mehnat faxriylari, shuningdek, mustaqillikni himoya qilish yo‘lida jonini fido qilgan harbiy xizmatchilarning oilalari holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironlar uchun  “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy aksiyalar tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.

Farmoyishga muvofiq, mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida, G‘afur G‘ulom, Mirzo Ulug‘bek, Bobur, Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘lari, “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘i, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Davlat sirki va Toshkent hayvonot  bog‘i oldi maydonlari, “Quyoshcha nuri” nomli istirohat bog‘i hududida xalq sayli va bayram tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.