» » O‘zbekiston musulmonlari idorasi: Ehson qilaman deb bola-chaqaning rizqini qiyish ayni xatodir

Скачать O‘zbekiston musulmonlari idorasi: Ehson qilaman deb bola-chaqaning rizqini qiyish ayni xatodir в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston musulmonlari idorasi: Ehson qilaman deb bola-chaqaning rizqini qiyish ayni xatodir

O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Musibat yetgan xonadon ahliga ta’ziya bildirish va ba’zi marosimlar odobi haqida” nomli fatvosi sharhida aza va ehson marosimlarining ayrim jihatlariga e’tibor qaratib o‘tildi. Maqolaning ushbu masalaga bag‘ishlangan qismini e’tiboringizga havola etamiz.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi: Ehson qilaman deb bola-chaqaning rizqini qiyish ayni xatodir

 

Ma’lumki, musulmon kishisining ikkinchi bir musulmonga nisbatan ma’lum haq-huquqlari bor. Chunonchi, Rasuli akram (sollallohu alayhi vasallam) bir hadisi shariflarida marhamat qiladilarki: “Har bir musulmonning zimmasida ikkinchi musulmon birodariga nisbatan oltita burchi bordir: uchrashganda salom berish, mehmonga chaqirsa borish, maslahat so‘rasa yaxshi maslahat berish, aksirib hamd aytsa unga duo bilan javob qaytarish, betob bo‘lib qolsa ko‘rgani borish va vafot etsa janoza va dafnida qatnashish”.

Shariatimiz ta’limoti vafot etgan kishi dafn qilingan kunidan boshlab uzog‘i bilan uch kunga qadar aza (motam) tutishga ruxsat beradi. Shu kunlari janozaga kela olmaganlar musibat yetgan xonaga yoki ta’ziyaxonaga kelib vafot etgan kishining yaqin qarindoshlariga ta’ziya bildirishi mumkin. Mashhur fatvo kitoblaridan “Al-fatovo al-Olamgiriya”da shunday deyilgan: “Shu uch kun ichida mayyit chiqqan xonadonda ovqat qilinmaydi. Ta’ziya bildirishga kelgan odamlarga dasturxon yozilmaydi, ziyofat berilmaydi. Musibat yetgan xonadon ahli qayg‘uli bir holatda turganda mehmonlarga qarash, ularga osh-non tortish musibat ustiga musibatdir”.

Hazrati Ali (roziyallohu anho)ning birodari Ja’far ibn Abu Tolib “Mu’ta” jangida shahid bo‘lganida oilasi g‘oyatda kuyunib aza tutgan. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) atrofdagilarga qarab: “Ey qo‘shnilar, Ja’far oilasiga taom qilib chiqaringlar, chunki ularning boshlariga shunday musibat tushdiki, ular taom haqida o‘ylashlariga imkoniyatlari yo‘q”, — deb marhamat qilganlar. (Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar).

Bizlarning yaxshi odatlarimizdan biri, musibat yetgan xonadon qo‘shnilari isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymagan holda darhol taom qilib chiqariladi. Bu sunnatga muvofiq odatdir. Taom musibat yetgan xonadon ahli va uzoqdan kelgan mehmonlar uchun tarqatiladi. Zarur bo‘lganda xonadon ahli o‘zlari uchun taom tayyorlashi ham mumkin.

Musibatxonadagi odoblardan yana biri, ovozni baland qilib gaplashish, hazillashish va kulish joiz emas. Zero, aza bor joyda bu kabi ishlar ham diniy, ham insoniylik jihatidan nomaqbuldir. Shuningdek, musibat egalaridan hol-ahvol so‘ralganda kulib emas, balki musibat Allohning irodasi ekani va unga sabr qilish lozimligi haqida so‘zlanadi. Ta’ziyani har qanday tasalli berguvchi so‘z bilan bildirsa bo‘ladi, lekin, ba’zi ulamolarning aytishicha eng yaxshi ta’ziya so‘zi “Alloh vafot qilganlarni mag‘firat qilib, o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin va sizga sabr-bardosh bersin”, – deyishdir. Bundan boshqacha har kim o‘zi bilgan so‘z bilan ko‘ngil so‘rasa ham bo‘ladi. Ta’ziya aytishdan asosiy maqsad, musibat yetganlarning qayg‘ularini biroz bo‘lsa-da yengillashtirishdir.

Hozirgi vaqtda ko‘p tarqalgan xurofiy odatlardan biri shulki, payshanbalik, yakshanbalik deb xudoyilar qilish va yigirmalik, qirqlik nomi bilan katta-katta qozonlarda osh damlab ko‘p mahallalardan odam chaqirib, katta marosimlar o‘tkazishdir. Bu ishlar shariatimiz buyurmagan odatlardan ekanligi fiqh va fatvo kitoblarida bayon qilingan. Bu haqda asrimiz ulamolaridan Shahobiddin al-Marjoniy “Al-Barqul vamiyz” degan kitobida: “Xalqimiz ichida tarqalgan ko‘p xudoyilar noshar’iy sadaqalardandur, undan na mayyitga va na sohibi xonaga savob bor”, — deb sharhlagan.

Hozirgi vaqtda ayrim kishilar Islom ta’limotlari va shariat ahkomlarini yaxshi bilmaganlari tufayli bu marosimlarni muhim, deb bilib ularni o‘tkazishga katta e’tibor bilan qaraydilar.

Barchamiz shuni yaxshi bilishimiz kerakki, vafot etgan kishi xotirasiga bag‘ishlab qilinadigan xayr-ehsonlar mustahab amaldir. Uni shariat ta’limotiga muvofiq holda o‘tkazish shartdir. Aks holda undan bo‘ladigan ajru savobdan mahrum bo‘linadi. Ammo, oila, farzandlarga qilinadigan nafaqa bu — farz amallardan hisoblanadi. Shuning uchun ehson qilaman, deb bola-chaqaning rizqini qiyish ayni xatodir. Bordi-yu mahalla oshini yeganman, mahallaga osh bermaslikka nomus qilaman, deb boshqalardan qarz olib yoki olmasdan ham ehson qiladigan bo‘lsa, bu ayni gunohdir.

Hozirgi vaqtda musibatxonada bir emas, bir necha martalab ehsonlar qilinmoqda. Bu marosimlar ba’zi bir oilalar uchun, xususan hozirgi bozor iqtisodiga o‘tish davrida yana ham og‘irroq kechayotgani hammaga yaxshi ma’lum. (Bunday marosimlarni o‘tkazish ba’zi oilalar uchun iqtisodiy tomondan qiyinchilik tug‘dirishi musibat ustiga musibatdir).

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.