» » KXDR terma jamoasi Xitoyga mag‘lub bo‘ldi

KXDR terma jamoasi Xitoyga mag‘lub bo‘ldi

5-avgust kuni Sharqiy Osiyo Futbol Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Sharqiy Osiyo Kubogi musobaqasi final bosqichi doirasidagi navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

KXDR terma jamoasi Xitoyga mag‘lub bo‘ldi

 

Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va KXDR terma jamoalari ishtirok etayotgan ushbu turnirning avvalgi natijalari haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati—2018 saralashining ikkinchi bosqichidagi raqiblaridan biri bo‘lgan KXDR ikkinchi o‘yinda Xitoyga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Gollarga Yu Dabao hamda Vang Yongpo mualliflik qildi.

Final bosqichi ikkinchi turidagi boshqa bir uchrashuvda Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.a

Musobaqaning navbatdagi o‘yinlari 9-avgustda bo‘lib o‘tadi. Bu safar KXDR Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.