» » YeChL 3-saralash bosqichida SSKAdan chiroyli g‘alaba, “Shaxtyor” “Fenerbaxche”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Скачать YeChL 3-saralash bosqichida SSKAdan chiroyli g‘alaba, “Shaxtyor” “Fenerbaxche”ni yirik hisobda mag‘lub etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

YeChL 3-saralash bosqichida SSKAdan chiroyli g‘alaba, “Shaxtyor” “Fenerbaxche”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

5-avgust oqshomida Yevropa Chempionlar Ligasi 3-saralash bosqichining javob uchrashuvlari o‘tkazildi, deb xabar beradi “Arena.uz”.

YeChL 3-saralash bosqichida SSKAdan chiroyli g‘alaba, “Shaxtyor” “Fenerbaxche”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

 

Birinchi o‘yinda jangovar durangga imzo chekkan va g‘alaba umidida Chexiyaga safar uyushtirgan Moskvaning SSKA klubi muxlislari kutgan sermahsul o‘yinni namoyish qilib, Pragada chiroyli g‘alabaga erishdi. Musaning dubli hamda Zagoyevning muhim pallada kiritgan goli “harbiylar”ga raqib ustidan 3:2 hisobidagi g‘alabani keltirdi.

Bu bosqiching markaziy to‘qnashuvida “Shaxtyor” “Fenerbaxche”ni qabul qildi. Murosasiz o‘tishi kutilgan uchrashuvda mezbonlar turkiyalik raqiblariga umuman imkoniyat qoldirmadi — 3:0. Natijada “konchilar” keyingi bosqichga, istanbulliklar esa Yevropa Ligasiga yo‘l oldi.

“Bazel” klubi ham o‘z maydonida g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Seltik” esa Ozarboyjonda durang qayd etdi va birinchi o‘yindagi g‘alabasi tufayli keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Shu va boshqa natijalar bilan quyida tanishishingiz mumkin.

YeChL 3-saralash bosqichi. Javob uchrashuvlari.

Sparta Praga (Chexiya) – SSKA (Rossiya) 2:3 (2:1)
Gollar: 1:0 – 6 Kreychi, 2:0 – 16 Fatai, 2:1 – 34 Musa, 2:2 – 51 Musa, 2:3 – 76 Zagoyev.
Birinchi o‘yin: 2:2

Ostona (Qozog‘iston) – XIK (Finlyandiya) 4:3 (1:2)
Gollar: 0:1 – 4 Jallo, 0:2 – 41 Baa, 1:2 – 44 Tvumasi, 2:2 – 47, penalti Kanyas, 3:2 – 56 Shomko, 3:3 – 86, penalti Zeneli, 4:3 – 90 Postnikov.
Birinchi o‘yin: 0:0

Qorabog‘ (Ozarboyjon) – Seltik (Shotlandiya) 0:0 (0:0)
Birinchi o‘yin: 0:1

BATE (Belarus) – Videoton (Vengriya) 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 82 Nikolich.
Birinchi o‘yin: 1:1

Bazel (Shveysariya) – Lex (Polsha) 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 90 Byarnason.
Birinchi o‘yin: 3:1

Partizan (Serbiya) – Styaua (Ruminiya) 4:2 (1:2)
Gollar: 1:0 – 8 Babovich, 1:1 – 11 Muniru, 1:2 – 33 Amrun, 2:2 – 60 Yevtovich, 3:2 – 69 Jivkovich, 4:2 – 90 Truyich.
Birinchi o‘yin: 1:1

Malmyo (Shvetsiya) – Red Bull (Avstriya) 3:0 (3:0)
Gollar: 1:0 – 7 Jurjich, 2:0 – 14 Rozenberg, 3:0 – 42 Rodich.
Birinchi o‘yin: 0:2

Bryugge (Belgiya) – Panatinaikos (Gretsiya) 3:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 53 Kols, 2:0 – 58 Vaskes, 3:0 – 82 Ulare.
Birinchi o‘yin: 1:2

Viktoriya Plzen (Chexiya) – Makkabi Tel-Aviv (Isroil) 0:2 (0:0)
Gollar: 0:1 – 76, penalti Zaxavi, 0:2 – 83 Zaxavi.
Birinchi o‘yin: 2:1

Shaxtyor (Ukraina) – Fenerbaxche (Turkiya) 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 25 Gladkiy, 2:0 – 65, penalti Srna, 3:0 – 68 Teysheyra.
Birinchi o‘yin: 0:0

Skenderbeu (Albaniya) – Milsami (Moldova) 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 16 Salixi, 2:0 – 55 Progni.
Birinchi o‘yin: 2:0

Eslatib o‘tamiz, 4-avgustda ham 3-saralash bosqichining 4 ta o‘yini o‘tkazilgan edi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.