» » Bill Geyts internet texnologiyalari sohasidagi eng boy kishilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

Скачать Bill Geyts internet texnologiyalari sohasidagi eng boy kishilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Bill Geyts internet texnologiyalari sohasidagi eng boy kishilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

 

Bill Geyts internet texnologiyalari sohasidagi eng boy kishilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

 

Amerikaning Forbes jurnali 5-avgust, chorshanba kuni internet texnologiyalari sanoatidagi eng boy 100 kishining ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Unda birinchi o‘rinni Microsoft kompaniyasining asoschisi Bill Geyts egalladi. Forbes’ning ma’lum qilishicha, 59 yoshli Geyts, shuningdek, dunyodagi eng boy odam bo‘lib, uning boyligi 79,6 milliard dollarni tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rindan Oracle kompaniyasining asoschisi, 70 yoshli Larri Ellison joy oldi. Jurnal uning boyligini 50 milliard dollarga baholadi.

Ro‘yxatning uchinchi o‘rnidan Amazon onlayn-do‘konining asoschisi va rahbari Jeff Bezos joy oldi (47,8 milliard dollar). Undan keyingi o‘rinni Facebook ijtimoiy tarmog‘ining 31 yoshli asoschisi Mark Sukerberg egalladi (41,2 milliard dollar). Beshinchi o‘rindan Google uyushmasining hammuassisi, 42 yoshli Larri Peyj joy oldi (33,4 milliard dollar).

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.