» » Argentinaning “River Pleyt” klubi Libertadores kubogini qo‘lga kiritdi

Скачать Argentinaning “River Pleyt” klubi Libertadores kubogini qo‘lga kiritdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Argentinaning “River Pleyt” klubi Libertadores kubogini qo‘lga kiritdi

 

Argentinaning “River Pleyt” klubi Libertadores kubogini qo‘lga kiritdi

 

Argentinaning “River Pleyt” jamoasi Libertadores kubogi finalining javob o‘yinida o‘z maydonida Meksikaning “Tigres” klubini qabul qildi, deb xabar beradi “Arena.uz”.

“Monumental Antonio Vespusio Liberti” stadionida o‘tgan uchrashuvda mezbonlar raqiblari darvozasiga javobsiz uchta to‘p yo‘lladi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

Bu Argentina klubi tarixida Libertadores kubogidagi uchinchi yutuq bo‘ldi. Jamoa 1986 va 1996-yillarda ham musobaqada g‘alaba qozongandi.

Libertadores kubogi. Final. Javob uchrashuvi

River Pleyt(Argentina) – Tigres(Meksika) 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 45 Alario, 2:0 – 75, penalti Sanches, 3:0 – 79 Funes Mori.
River Pleyt – Barovero, Vanyoni, Funes Mori, Maydana, Sanches, Mayyada, Ponsio, Kranevitter (Gonsales, 82), Bertolo, Kavenagi (Piskulichi, 77), Alario (Driussi, 69).
Tigres – Gusman, Juninyo, Rivas, Ximenes (Gerron, 77), Torres, Arevalo (Duenyas, 65), Pisarro, Akino, Damm, Sobis, Jinyak.
Ogohlantirishlar: Alario (9), Ximenes (17), Juninyo (19), Jinyak (22), Rivas (25), Funes Mori (47), Kavenagi (56), Torres (72), Sanches (75).
Birinchi o‘yin – 0:0.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.