» » O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona pastladi

Скачать O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona pastladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona pastladi

 

O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona pastladi

 

FIFA tashkiloti milliy terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yana bir pog‘ona pastlab, 76-o‘rindan joy oldi, deb xabar beradi “Uff.uz”.

O‘zbekiston iyul oyi reytingida ham bir pog‘ona pastlagandi.

Osiyo jamoalari ichida O‘zbekiston Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya hamda BAA termalaridan keyin 6-o‘rinda bormoqda.

FIFA reytingini hamon Argentina terma jamoasi boshqarib turibdi. Shu paytga qadar ikkinchi o‘rinda borgan Germaniya termasi 3-o‘rindagi Belgiya bilan joy almashdi. Keyingi o‘rinlarda Kolumbiya, Braziliya, Portugaliya, Ruminiya, Angliya, Uels terma jamoalari bormoqda.

Kopa Amerika musobaqasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan Chili terma jamoasi kuchli o‘nlikdan o‘rin olgani ham e’tiborga molik.

1. Argentina
2. Belgiya
3. Germaniya
4. Kolumbiya
5. Braziliya
6. Portugaliya
7. Ruminiya
8. Angliya
9. Uels
10. Chili
41. Eron
54. Janubiy Koreya
56. Yaponiya
61. Avstraliya
70. BAA
76. O‘zbekiston

FIFA reytingi bilan quyidagi manzilda to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.