» » Yangi Suvaysh kanalining ochilish marosimini Misr prezidenti boshlab beradi

Yangi Suvaysh kanalining ochilish marosimini Misr prezidenti boshlab beradi

Yangi Suvaysh kanalining ochilish marosimini Misr prezidenti boshlab beradi

 

 

Bugun, 6-avgust kuni Misrda uzunligi 72 kilometr bo‘lgan yangi Suvaysh kanalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “TASS”. Marosimga 50 ta davlatdan delegatsiyalar kelishi kutilmoqda.

Marosimni Misr prezidenti Abdulfattoh as Sisiy shaxsan boshlab beradi. U “Al Maxrusa” yaxtasida yangi kanal bo‘ylab Ismoiliya portiga boradi, u yerda xorijlik mehmonlar yig‘iladi. Yaxtadan keyin Misr harbiy dengiz kuchlari bayroqdori “Taxiya Masr” fregati o‘tadi.

Qiymati 8 milliard dollarlik yangi kanal 1 yil ichida qurib bitkazildi. Yangi tarmoq kanalning kema o‘tkazish imkoniyatini ikki baravarga oshirdi: avval kuniga 49 ta kema o‘tgan bo‘lsa, endilikda 97 ta o‘tadi. Shuningdek, bir paytning o‘zida ikki yo‘nalishda kemalar harakatlanishi imkoni paydo bo‘ldi.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.